Tug‘ilgan faslingiz xarakteringizni belgilashi ma’lum bo‘ldi

Tug‘ilgan faslingiz xarakteringizni belgilashi ma’lum bo‘ldi
Bir guruh olimlar yoz va kuzda tug‘ilgan odamlarning barqaror, ko‘tarinki kayfiyatga moyil bo‘lishini aniqladi.

Bahor faslida tug‘ilganlar optimist, hayotning yaxshi tomonlarini ko‘rishga harakat qiladigan va muloqotga oson kirishuvchan bo‘lishadi. Lekin shu bilan birga ular ko‘pincha klinik depressiyadan aziyat chekadi. Yozda tug‘ilgan odamlar esa qiyin vaziyatlarda sabr-matonat ko‘rsata oladi. Shuningdek, ularning kayfiyati tez-tez o‘zgarib turadi.

Kuzda tug‘ilganlar depressiyaga kam yo‘liqadi, lekin ular qaysar va jizzaki bo‘ladi. Qishda tug‘ilgan odamlar depressiyadan aziyat chekishi bilan birga ruhiy kasalliklarga ham moyil bo‘ladi, hayotdagi muvaffaqiyatsizliklardan qattiq qayg‘uga tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.