Haj afzalmi yoki uylanish?

Haj afzalmi yoki uylanish?
Savol:
Sarmoya miqdori bittasiga yetsa, yoshlari ulug‘ ota-onani Haj ziyoratiga bormoqligi afzalmi yoki farzandning uylanmoqligi?

Javob:
Avval mablag‘ kimniki ekanligiga aniqlik kiritish kerak. Agar mablag‘ ota-onaga tegishli bo‘lsa va ular shu mablag‘ bilan yo‘lga qodir bo‘lsa, ota-onaning Hajga borishi farz. Agar mablag‘ o‘g‘ilniki bo‘lib, uylanishi vojib bo‘ladigan darajada muhim bo‘lsa, u uylanishi kerak.

Qolaversa, to‘y marosimlariga Hajga ketadigan darajada mablag‘ sarflashga hech kim majbur emas.
Vallohu a’lam.
Mubashshir Ahmad

Manba: Azon.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.