Sog‘inch surati

Sog‘inch surati
Men izladim kun bo‘yi mehr,
Hech topilmas yo bermas sado.
Xazonlarning yuzida qahr,
Kuzni suyib, qildimmi xato?..

Ishqning o‘zi sog‘inch surati,
Sabr kosam chil-chil sindimi?
Gumon qalbda xayol suradi,
Yorni suyib, xato qildimmi?..

Atirgulim tikonin sanchar,
Dod demoqqa holim yo‘q, hatto.
Tig‘ uradi ko‘ksimga xanjar,
Kimni kutib qilgandim xato?..

Ishq kaftimga chizmaganmi baxt,
Men umiddan bo‘ldimmi judo.
Iztirobdan quriladi ahd,
Kimni suyib, qilgandim xato?..
Hosiyat SIDDIQOVA

Manba: Mulohaza.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.