Fojiamiz

Fojiamiz
Armani:
– Sizga kim kerak, azizim? \"Qorovul Petrosyan\" deysizmi? Vah-vah-vah! U qorovul emas, akademik! donishmand odam! Yuring, uyini ko‘rsataman. Yaqinda ikki qavatli uy soldi, azamat!

Gurji (gruzin):
– Kimni so‘rayapsiz, batano? \"Etikdo‘z, Panjikidze?\" O-o-o! U etikdo‘z emas, akademik! Bunaqa donishmand odam yuz yilda bir marta tug‘iladi! Yuring, dachasiga olib borib qo‘yaman. Uch qavatli dacha quryapti, azamat!

O‘zbek:
– Nima? Kim deysiz! \"Akademik Alijonip?\" Hech qanaqa akademik emas u! Qorovulchalik savodi yo‘q! G‘irt ahmoq odam. Poraxo‘r! O‘rikzorda dang‘illama imorat solyapti. Shuncha pulni qayoqdan oladi? Umuman... men hech qanaqa Alijonip-palijonipni tanimayman!
O‘tkir Hoshimov

Manba: Azon.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.