Ishq...

Ishq...
Ishq - bu soʻzni har bir inson turlicha talqin qilishadi. Baʼzi insonlar ishq deganda kimnidir sevib qolishni tushunsalar, yana boshqa insonlar esa ollohga, ota - onaga, vatanga boʻlgan sevgini tushunadilar. Bu soʻzni taʼriflaganda, chuqur his qilganda insonning koʻzlari porlab, etlari junjikib ketadi.

«Ishq - porloq yulduzdir, bashariyat koʻzining nuru ziyosi shundan.
Ishq - tovlanib turuvchi gavhardir - insoniyat tojining ziynati va bahosi shundan.
Ishq - toleʼ quyoshidir, qaygʻuli dillar tikanzori undan gulshan.
Ishq - balqib turgan toʻlin oydir, qorongʻu koʻngillar kechasi undan ravshan.
Ishq - keng dengizdir, har toʻlqini yuz aqlu hush kemasini gʻarq qiladi.
Ishq - kuydiruvchi shuʼladir, koʻpgina jon va koʻngillarni xashakdek yoqadi.
Ishq - alangali chaqmoqdir,koʻpgina jonu dillarni yolqini bilan kul qiladi.
Ishq- ajdahodir, olamni damiga tortmoq uning tilagi.
Ishq - qahrli podshohdir, olam ahlini yoppasiga qirmoq uni maqsadi, u har qancha qon toʻkkani bilan zerikmaydi, u har qancha odamni qon qilsa ham qoniqmaydi.
Ishq - yashindir, aqlu din xirmonini kuydiradi, u boʻrondir, kuyganlarning kulini koʻkka sovuradi.
Ishq- shunchalar qaysarki, uning oldida podshoh ham, gado ham, pokdil oshiq ham bir...
Dunyo bozorining gʻavgʻosi va dunyoda bor hamma narsalarning savdoxonasidagi shovqin-suroni - ishq tufaylidir...»
Ishq...
Avliyolarning avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri hamda shoirlarning sultoni boʻlmish - Alisher Navoiy bobomiz “ishq” haqida mana shunday chiroyli va goʻzal taʼriflaydilar, biz esa qoyil qolmaslikka ilojimiz yoʻq.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.