Ellik yillik muhabbat

Keksa yoshli juftlik uzoq yillar birga yashab, turmush qurganlarining oltin to‘yini nishonlash arafasida edilar. O‘sha kuni tongda nonushta dasturxoniga o‘tirisharkan, keksa ayol: “Ellik yildan beri juftimni o‘ylab nonning singib pishgan joyini unga berdim. Bugun bu yoqimli ta’mni o‘zim tatib ko‘rsam-chi?” deya o‘yladi va nonning qotgan qismiga sariyog‘ surib o‘ziga oldi, yumshoq qismini juftiga berdi. Kampir cholining xafa bo‘lishini taxmin qilgandi. Ammo aksincha chol g‘oyatda sevinib, kampiriga mamnun holda shunday dedi:
- Mehribonim, menga bugun katta quvonch va baxtiyorlik taqdim etding. Ellik yil davomida o‘zimga yoqadigan nonning qotib pishgan joyini yemadim. Seni juda yaxshi ko‘rganim uchun, men yaxshi ko‘rgan narsaning totli ta’mini sen tatishingni istadim!..
Manba: Azon.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!- Mehribonim, menga bugun katta quvonch va baxtiyorlik taqdim etding. Ellik yil davomida o‘zimga yoqadigan nonning qotib pishgan joyini yemadim. Seni juda yaxshi ko‘rganim uchun, men yaxshi ko‘rgan narsaning totli ta’mini sen tatishingni istadim!..
Umida Aziz tarjimasi
Manba: Azon.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













