Siz dollarni qayerda saqlaysiz?

Siz dollarni qayerda saqlaysiz?
Foto: «Banki.ru»
Markaziy bank aholining valyuta jamg‘armalari yuzasidan so‘rovnoma o‘tkaza boshladi. Unga ko‘ra, kelgusida statistik va tahliliy maqsadlarda foydalaniladigan so‘rovnomani to‘ldirish taklif etilmoqda.

Tadqiqotda ishtirok etish anonim tarzda bo‘lib, quyidagi savollarga javob berish lozim bo‘ladi: «xorijiy valyutadagi mablag‘ingizni qayerda jamg‘arishni ma’qul ko‘rasiz?», «xorijiy valyutadagi mablag‘ingiz miqdorini ko‘rsating», «xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga o‘zingiz bilan qayta sotish uchun mahsulot olib kirganmisiz?» va boshqalar.

Qayd etilishicha, so‘rovnoma O‘zbekistonning tashqi sektor statistikasini yaxshilashga qaratilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.