Olimlar qonni yoshartiruvchi mevani aniqlashdi

Foto: «Food News»
«Lenta»ning yozishicha, arxat (lotincha Siraitia grosvenorii) mevasini iste’mol qilish qarishni sekinlashtiradi. Bu haqda «Food News» xitoylik olimlarning «The American Journal of Chinese Medicine» jurnalida chop etilgan maqolasiga tayanib ma’lum qilgan.
Sog‘lom ovqatlanish haqida yangiliklarga ixtisoslashgan saytning ta’kidlashicha, 10 oy davomida arxat bilan boqilgan sichqonlarda qarish jarayoni sekinlashgan. Olimlarning izohlashicha, meva qizil ilikda maxsus hujayralar funksiyasini kuchaytirib, qayta tiklanishga ko‘maklashadi.
Mutaxassislarning fikricha, sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajriba natijalari odamlarga ham tegishli deb hisoblasa bo‘ladi.
— Bu natijalarga asoslanib tadqiqotchilar guruhi arxat iste’mol qilish inson umrini uzaytirishi mumkin degan xulosaga kelishdi, — deb yozilgan nashrda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Lenta»ning yozishicha, arxat (lotincha Siraitia grosvenorii) mevasini iste’mol qilish qarishni sekinlashtiradi. Bu haqda «Food News» xitoylik olimlarning «The American Journal of Chinese Medicine» jurnalida chop etilgan maqolasiga tayanib ma’lum qilgan.
Sog‘lom ovqatlanish haqida yangiliklarga ixtisoslashgan saytning ta’kidlashicha, 10 oy davomida arxat bilan boqilgan sichqonlarda qarish jarayoni sekinlashgan. Olimlarning izohlashicha, meva qizil ilikda maxsus hujayralar funksiyasini kuchaytirib, qayta tiklanishga ko‘maklashadi.
Mutaxassislarning fikricha, sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajriba natijalari odamlarga ham tegishli deb hisoblasa bo‘ladi.
— Bu natijalarga asoslanib tadqiqotchilar guruhi arxat iste’mol qilish inson umrini uzaytirishi mumkin degan xulosaga kelishdi, — deb yozilgan nashrda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













