Yurak xastaligi xavfini kamaytiradigan mahsulot nomini bilasizmi?

Yurak xastaligi xavfini kamaytiradigan mahsulot nomini bilasizmi?
Foto:«The Sun»
Tadqiqotlarga ko‘ra, haftasiga bir marta tofu iste’mol qilish yurak xastaligi xavfini beshdan biriga kamaytiradi. Bu haqda «The Sun»ga tayanib \"Xabar\" nashri ma’lum qildi.
Soya fasulyasidan tayyorlangan tofu izoflavon(organizm faoliyatini yaxshilovchi birikma)larga boy. Izoflavon bu yurakni himoya qiladigan kimyoviy vositadir.

Tofuda no‘xat, pista, yeryong‘oq va boshqa dukkakli mevalarda mavjud izoflavonlar ham yuqori.
Tadqiqotlar natijasiga 200 ming nafar ko‘ngillilarning ma’lumotlarini tahlil qilish orqali erishilgan.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, tofu bu qadimgi xitoyda yaratilgan bo‘lib, ajoyib oqsilga boy ovqat turi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.