O‘zbekiston Qirg‘izistondan rekord miqdorda chorva mollari import qilmoqda

O‘zbekiston Qirg‘izistondan rekord miqdorda chorva mollari import qilmoqda
Aprel oyidan O‘zbekiston Qirg‘izistondan qishloq xo‘jaligi hayvonlarini rekord darajada import qilishni boshladi. Bu haqda «Akchabar» xabar bermoqda.

Umuman, yil boshidan buyon Qirg‘izistondan 8919 bosh qoramol olib kelingan. Bu 2021 yilning yanvar—aprel oylariga nisbatan 30 barobar ko‘pdir.

May oyida mamlakatdan qoramol importi o‘tgan yilga nisbatan 143 barobarga ko‘paydi — joriy yilda qo‘y-echki 647 boshdan 92,3 ming boshga yetdi.

Umuman olganda, so‘nggi besh yil ichida respublikadan rekord miqdorda chorva mollari import qilinmoqda.

Hozir Qirg‘izistonda go‘shtni eksport qilish taqiqlangan, lekin tirik qoramol olib chiqish taqiqlanmagan.

O‘zbekistonda go‘sht narxining o‘zgarib borayotgani esa mavsumiy xarakterga ega. Iyul, avgust, sentabr va oktabr oylarida ularning narxida eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etiladi.

Go‘sht narxining o‘zgarish dinamikasi fevral oyining oxiri, mart va aprel oylaridagi yog‘in miqdori va bu oylardagi havo harorati bilan uzviy bog‘liq.

Yaylovlarda chorva mollari iste’mol qiladigan o‘simliklarning erta bahorda unib chiqishi, o‘sishi va yetilishidagi asosiy omil ham shu.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.