Al Mirqab Capital xoldingi O‘zbekistonda energetika tarmog‘iga investitsiya kiritmoqchi

Al Mirqab Capital xoldingi O‘zbekistonda energetika tarmog‘iga investitsiya kiritmoqchi
\"\"
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Al Mirqab Capital xolding kompaniyasi ijrochi direktori Saif ur-Rahmon Xonni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Al Mirqab Capital xoldingi 1983 yilda asos solingan, AQSH, Yevropa va Yaqin Sharqda For Seasons, The Ritz Carlton va boshqa brendlardagi 20 ta yirik mehmonxona egasidir. Kompaniya aktivlari qiymati 8 milliard dollardan ziyodni tashkil etadi.

\"\"
Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda quyidagilar bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan:

  • mehmonxona infratuzilmasi va turizm xizmatlarini rivojlantirish;
  • logistika va energetika tarmog‘ini modernizatsiya qilish.
\"\"
Foto: Prezident matbuot xizmati

Xususan, kompaniya tomonidan Toshkent viloyatida logistika markazi, Buxoro shahrida mehmonxona-kongress majmuasini qurish, O‘zbekistonda elektr ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga investitsiya kiritish rejalari ko‘rib chiqildi. Investitsiya loyihalari qo‘shma “yo‘l xaritasi” asosida amalga oshiriladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.