Bosh vazir boshchiligida Favqulodda shtab tashkil qilinadi

Bosh vazir boshchiligida Favqulodda shtab tashkil qilinadi
Bu yil xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan 5,2 milliard dollarlik ishlar bajarilishi rejalashtirilgan.

Investitsiyalarni oʻzlashtirishda haligacha byurokratiya koʻpligi tanqid qilindi.
Bosh vazir boshchiligida Favqulodda shtab tashkil qilinadi
Shu munosabat bilan Bosh vazir boshchiligida moliya institutlari bilan ishlash boʻyicha alohida Favqulodda shtab tashkil qilinishi belgilandi. Shtab har bir loyihani ichiga kirib, aniq ishlarni amalga oshiradi, har hafta loyihama-loyiha muhokama oʻtkazadi.
Bosh vazir boshchiligida Favqulodda shtab tashkil qilinadi
Joriy yilda Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan 1,1 milliard dollar, Islom taraqqiyot banki bilan esa 1 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish belgilangan.

Mutasaddilarga ushbu 2 ta xalqaro bank bilan yaqindan ishlab, tumanma-tuman yurib, tadbirkorlar bilan davlat kafolatisiz qilish mumkin boʻlgan loyihalarni koʻpaytirish topshirildi. Ularga aniq mas'ullar biriktiriladi, mablagʻ jalb qilishda tadbirkorlarga koʻmaklashiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.