Xitoyda avtomobil savdosi 12% ga kamaydi

Xitoyda 2025-yil yanvar oyida yengil avtomobillar chakana savdosi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 12% ga kamayib, 1,81 million donani tashkil qildi. Bu haqda Xitoy Yoʻlovchi Avtomobillar Assotsiatsiyasining (CPCA) hisobotida aytiladi.
Bu 2024-yil sentyabr oyidan beri birinchi pasayish boʻlib, soʻnggi bir yil ichida eng katta qisqarish hisoblanadi.
Biroq, yangi energiya manbalarda ishlaydigan avtomobillar (NEV) savdosi oʻtgan oy 10,5% ga oʻsdi. Natijada, NEV ulushi oʻtgan oyda barcha yangi avtomobillarning 41,2% ini tashkil etdi.
CPCA 2025-yilda NEV avtomobillari ulushi 57% ga etishi, bu esa oʻtgan yilgi 47% dan oshishini prognoz qilmoqda.
Yanvar oyida Xitoy 380 ming dona avtomobil eksport qildi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3% ga koʻproqdir.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bu 2024-yil sentyabr oyidan beri birinchi pasayish boʻlib, soʻnggi bir yil ichida eng katta qisqarish hisoblanadi.
Biroq, yangi energiya manbalarda ishlaydigan avtomobillar (NEV) savdosi oʻtgan oy 10,5% ga oʻsdi. Natijada, NEV ulushi oʻtgan oyda barcha yangi avtomobillarning 41,2% ini tashkil etdi.
CPCA 2025-yilda NEV avtomobillari ulushi 57% ga etishi, bu esa oʻtgan yilgi 47% dan oshishini prognoz qilmoqda.
Yanvar oyida Xitoy 380 ming dona avtomobil eksport qildi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3% ga koʻproqdir.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.












