Qirg‘izistonda milliy stablecoin va CBDC ishga tushirildi

Binance asoschisi Changpeng Zhao (CZ) ma’lum qilishicha, Qirg‘iziston o‘zining milliy stablecoin’i va “markaziy bank raqamli valyutasi (CBDC)”ni ishga tushirdi, deb Blockchain Texno xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, CBDC hukumat bilan bog‘liq to‘lovlar kabi rasmiy operatsiyalar uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, mamlakatda milliy kripto zahirasi tashkil etilmoqda — va Zhao‘nig aytishicha, unda BNB tokeni ham albatta bo‘ladi.
Yana bir yangilik — Binance Academy Qirg‘izistondagi 10 ta yetakchi universitet bilan hamkorlikni boshlagan. Binance ilovasi to‘liq qirg‘iz tiliga lokal qilindi. Bunga qo‘shimcha ravishda, Bishkek shahrida 1000 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan Binance uchrashuvi o‘tkazildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.











