Yanvar oyida Toshkentda kvartiralar narxi qimmatladi


O‘tgan yil davomida qariyb muntazam ravishda pastlagan Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o‘rtacha narxlari yanvar oyida 2 foizga qimmatlab, kvadrat metri uchun 561 sh. b. ni tashkil etdi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.
Yilning birinchi oyi yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli turdagi kvartilar narxi 2 foizga (599), panel turdagilari — 1 foizga (533) oshdi. Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 545 sh. b. (+2%), ikki xonali — 542 (+1%), uch xonali — 578 (+1%), to‘rt xonali — 571 (o‘zgarishsiz).
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.












