24 fevral oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

24 fevral oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 24 fevraldagi sotuv narxlari e\'lon qilindi.

1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 43 400 so‘mga oshgan.

O‘lchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram — 10 498 000 so‘m.
10 gram — 20 996 000 so‘m.
20 gram — 41 991 000 so‘m.
50 gram — 104 978 000 so‘m.
100 gram — 209 956 000 so‘m.

O‘lchovli oltin quymalarni O‘zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.

Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal sur\'atda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Ko‘plab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Oqiljon Muhammad
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.