SEC Nasdaq birjasida Bitcoin indeks opsionlarini roʻyxatga olishni maʻqulladi

SEC Nasdaq birjasida Bitcoin indeks opsionlarini roʻyxatga olishni maʻqulladi

AQSH Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasi (SEC) Nasdaq birjasining Filadelfiya fond birjasida naqd hisob-kitob qilinadigan Bitcoin indeks opsionlarini joylashtirish boʻyicha taklifini maʻqulladi. Ushbu opsionlar Nasdaq Bitcoin Index koʻrsatkichiga bogʻlangan Yevropa uslubidagi shartnomalar boʻlib, u CME CF Bitcoin Real Time Index maʻlumotlarini kuzatib boradi. Mazkur indeks yirik kripto birjalardan olingan maʻlumotlar asosida har 200 millisekundda yangilanib turadi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

Yangi shartnomalar naqd pulda hisob-kitob qilinadi, yaʻni egalari shartnoma muddati tugagach, Bitcoin spot narxi va ijro narxi oʻrtasidagi farqni oladilar. Spot Bitcoin ETF opsionlaridan farqli oʻlaroq, bu yerda jismoniy Bitcoin ishtirok etmaydi va muddatidan oldin topshirish xavfi yoʻq. Bu treyderlar uchun kriptovalyuta narxi boʻyicha garov tikishning muqobil usulini taqdim etadi. Shartnomalar QBTC tikkiri ostida savdo qilinadi.

SEC ruxsat bergan boʻlsa-da, savdolar boshlanishi uchun Tovar fyucherslari savdosi boʻyicha komissiya (CFTC) ham oʻz roziligini berishi kerak. Bitcoin tovar sifatida tasniflangani sababli, u CFTC yurisdiksiyasiga kiradi. 2020-yildan beri Bitcoin fyuchers opsionlarini taklif qilib kelayotgan CME Group ushbu shartnomalar faqat CFTC nazoratida boʻlishi kerakligini taʻkidlamoqda.

SEC raisi Paul Atkins boshchiligidagi agentlik kriptovalyutalarga nisbatan doʻstona tartibga solish siyosatiga oʻtmoqda. Atkins avvalgi maʻmuriyat davrida kripto-kompaniyalarga qarshi ochilgan bir qator shov-shuvli ishlarni toʻxtatishga harakat qildi va innovatsiyalarni boʻgʻish oʻrniga, ularni ragʻbatlantiradigan aniq huquqiy bazani yaratishga chaqirdi.

Shuningdek, agentlik blokcheyn texnologiyasiga asoslangan "innovatsion istisno" loyihasini tayyorlamoqda. Bu ommaviy kompaniyalar aksiyalarini markazlashmagan kripto platformalarda tokenlashtirilgan holda savdo qilish imkonini berishi kutilmoqda. Bu kabi qadamlar AQSH moliya bozorida raqamli aktivlar integratsiyasini yanada tezlashtirishi mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Laylo
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.