Mastercard Nyu-Yorkda kripto operatsiyalari uchun BitLicense litsenziyasini oldi

Mastercard Nyu-Yorkda kripto operatsiyalari uchun BitLicense litsenziyasini oldi

Mastercard kompaniyasining AQSHdagi tranzaksiya xizmatlari boʻlinmasi Nyu-York shtati moliyaviy xizmatlar departamenti (NYDFS) tomonidan taqdim etiladigan BitLicense litsenziyasini qoʻlga kiritdi. Ushbu ruxsatnoma toʻlov gigantiga shtat hududida tartibga solinadigan raqamli aktivlar bilan bogʻliq biznes faoliyatini yuritish imkonini beradi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

Kompaniya litsenziya olinganini eʼlon qilgan boʻlsa-da, hozircha isteʼmolchilar uchun yangi kripto-mahsulotlarni taqdim etmadi. Buning oʻrniga, Mastercard raqamli aktivlar bilan bogʻliq toʻlov va hisob-kitob infratuzilmasini rivojlantirishni davom ettirishini, bunda asosiy eʼtibor stablecoinlar va tokenizatsiya qilingan depozitlarga qaratilishini bildirdi.

Nyu-Yorkning BitLicense tizimi AQSHdagi eng qatʼiy shtat darajasidagi kripto-tartibga solish mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Mastercard ushbu litsenziyani olgan Galaxy va Strike kabi yirik kompaniyalar safiga qoʻshildi. Avvalroq, fevral oyida MetaMask ham Mastercard bilan hamkorlikda foydalanuvchilarga oʻz hamyonlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri kripto sarflash imkonini beruvchi kartalarni ishga tushirgan edi.

Ushbu yangilik Mastercard tomonidan 1,8 milliard dollarga baholangan BVNK stablecoin infratuzilma kompaniyasi sotib olinganidan soʻng yuz berdi. Ushbu kelashuv anʼanaviy toʻlov tarmoqlarini blokcheyn tranzaksiyalari bilan bogʻlash imkoniyatlarini kuchaytirishi kutilmoqda.

Shuningdek, joriy oyda Mastercard XRP Ledger tarmogʻida AQSH gʻaznachilik obligatsiyalari bilan bogʻliq ilk transchegaraviy operatsiyani yakunladi. Hozirgi vaqtda tokenizatsiya bozori, stablecoinlarni hisobga olmaganda, 33,8 milliard dollardan ortiq qiymatga ega ekani aytilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Laylo
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.