Yangi yildan boshlab soliq hisobotlari faqat elektron shaklda topshiriladi


2015 yil 1 yanvaridan boshlab korxona va tashkilotlar Soliq idoralariga har chorakdagi hisobotlarni topshirishi to‘liq elektron tizimga o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda «Kun.uz».
Joriy yilning 3 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2011 yil 24 avgustida qabul qilingan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qonun va “Statistika, soliq, moliya hisobotlari, lisenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsatnoma berish jarayonlarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2012 yil 12 iyulda chiqarilgan qarorga yangi o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qilgan.
Bu o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda, 2015 yil 1 yanvaridan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar o‘z soliq hisobotlarini faqat elektron shaklda va faqat internet orqali topshirishlari zarurligi belgilab qo‘yilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.











