1 oktyabrdan Turkmanistonda ayrim tovarlarga bojxona to‘lovlari oshiriladi


2015 yilning 1 oktyabridan Turkmanistonda ayrim tovarlarga bojxona to‘lovlari oshiriladi. Bu haqda mahalliy matbuotga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Bu boradagi qaror hukumat yig‘ilishi chog‘ida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov imzoladi.
Hujjatda bojxona to‘lovlari oshirilishi ko‘zda tutilgan tovarlar ro‘yxati keltirilgan. Import mollari ro‘yxatiga kolbasa mahsulotlari, meva-sabzavot, spirtsiz ichimliklar va meva sharbatlari kirdi.
Manba: Kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.












