O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha taklif tayyorlanmoqda

O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha taklif tayyorlanmoqda
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish va Adliya vazirliklari respublikada elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni yig‘ishmoqda, deb xabar qildi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

So‘rovning natijalari \"O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni tubdan takomillashtirish choralari to‘g‘risida\"gi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqishda qo‘llanadi.

So‘rov 16 fevral kuniga qadar davom etadi. Unda barcha fuqarolar o‘z takliflarini yuborishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 22 yanvarda O‘zbekiston prezidentining \"2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini \"Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili\"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida\"gi farmonida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan normativ huquqiy hujjatlar ishlab chiqishi belgilangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.