Eksportda naqd valyutani qabul qilishga ruxsat berildi

Eksportda naqd valyutani qabul qilishga ruxsat berildi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Norma’ning yozishicha, naqd xorijiy valyutani qabul qilishga yo‘l qo‘yiladigan holatlar ro‘yxati to‘ldirildi. Endi xorijdagi ko‘rgazma va yarmarkalarda tovarlarni realizatsiya qilishda (29.12.2017 yildagi PQ–3451-son qarorga muvofiq), shuningdek norezident xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) eksport qilishda naqd xorijiy valyutani qabul qilishga ruxsat etildi.

Tijorat banklari kassalari orqali valyutalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi.

Tijorat banklariga Nizomda ko‘rsatilmagan xorijiy valyutalarni o‘z xohishiga ko‘ra qabul qilishlariga ruxsat etildi. Masalan, Rossiya rubli, Xitoy yuani va boshqalar. Ilgari valyutalar ro‘yxati qat’iy cheklangan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.