O‘zbekiston iqtisodiy erkinlik reytingida 12 pog‘ona yuqorilab, 140-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston iqtisodiy erkinlik reytingida 12 pog‘ona yuqorilab, 140-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston Heritage Foundation tadqiqot instituti e’lon qilgan 2019-yilgi iqtisodiy erkinlik reytingida 140-o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonga maksimal 100 balldan 53,3 ball berilgan. O‘tgan yilgi reytingda O‘zbekiston 51,5 ball bilan 152-o‘rindan joy olgandi.

Markaziy Osiyodagi respublikalar orasida Qozog‘iston 59, Qirg‘iziston 79, Tojikiston 122 va Turkmaniston 164-o‘rinda qayd etilgan.
Ro‘yxatga jami 180 davlat kiritilgan bo‘lib, 1-o‘rinda 90,2 ball bilan Hongkong, oxirgi o‘rinda 5,9 ball bilan Shimoliy Koreya joylashgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.