Medvedev Toshkentdagi majlisda dollardan voz kechishni taklif qildi

Medvedev Toshkentdagi majlisda dollardan voz kechishni taklif qildi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan ShHT majlisida Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari o‘zaro milliy valyutada muomala qilish mexanizmini ishlab chiqishi kerakligini aytgan.

Medvedevning fikricha, milliy valyutadagi umumiy moliyaviy bozor davlatlarning umumiy raqobatbardoshligini oshiradi. Shuning uchun ham rus hukumati rahbari ShHT davlatlarining bank ekspertlari va moliyachilarini Moskvadagi davra suhbatiga taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi 2020 yilda ilk bor Hindistonda o‘tkaziladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.