Jamshid Qo‘chqorov: «Inflyatsiyani jilovladik deyishga hali erta. Lekin…»

Jamshid Qo‘chqorov: «Inflyatsiyani jilovladik deyishga hali erta. Lekin…»
Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘zining tvitter sahifasida yanvar oyidagi inflyatsiya oxirgi to‘rt yilning shu oyidagi eng past ko‘rsatkich bo‘lganini qayd etdi.

«Yanvar oyida inflyatsiya – 0,6% tashkil etdi. O‘tgan yil xuddi shu davrda – 1,5%, 2018 yil yanvarida – 2,7; 2017 yilning shu oyida – 1,5% bo‘lgan.
Inflyatsiyani jilovladik deyishga hali erta. Biz, faqatgina inflyatsiya bilan kurashish mumkinligini ko‘rayapmiz xolos.

Lekin inflyatsiyaga ta’sir etuvchi bir nechta nomonetar omillar hali ham neytralizatsiya qilinmagan. Ishlashimiz kerak, asosiysi – inflyatsiyani o‘tgan yilgiga nisbatan pasaytirish ehtimoli anchagina yuqori», deb yozdi moliya vaziri.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.