O‘zbekistondan Ukrainaga tovarlar eksporti butunlay to‘xtadi

O‘zbekistondan Ukrainaga tovarlar eksporti butunlay to‘xtadi
Foto: Bloomberg
Mart oyida O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi 26 million dollarni tashkil qildi. Bu Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida qayd etildi.

Mazkur miqdor butunlay importga to‘g‘ri keldi — mart oyida O‘zbekiston Ukrainaga hech narsa eksport qilmagan.

Import hali ham bor bo‘lsa-da, uning hajmi deyarli ikki baravarga kamaydi. Bularning barchasini Rossiyaning Ukrainaga fevral oyining oxiridan beri davom etayotgan hujumi bilan izohlasa bo‘ladi.

Urush boshlangunga qadar Ukraina O‘zbekistondan, asosan, meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari, azotli va kaliyli o‘g‘itlar, etilen polimerlari, rux xom ashyosi va avtomobil xarid qilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.