Buxoroda o‘quvchi maktabga to‘pponcha olib kelgani aniqlandi

Foto: O‘zA
Buxoro shahri 39-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi yonidan to‘pponcha topildi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmatining ko‘rsatmasi asosida 2022 yil 28–29 aprel kunlari barcha umumta’lim muassasalarida Yoshlar ishlari agentligi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda «Tig‘» va «Davomat» profilaktik reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Buxoro viloyatida o‘tkazilgan reyd davomida ayrim maktab o‘quvchilarining sumkalarida ta’limga daxldor bo‘lmagan buyumlar ham borligi aniqlandi.
Jumladan, shahardagi 39-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi sumkasida gaz balon asosida ishlatiladigan to‘pponcha olib yurganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Buxoro shahri 39-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi yonidan to‘pponcha topildi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmatining ko‘rsatmasi asosida 2022 yil 28–29 aprel kunlari barcha umumta’lim muassasalarida Yoshlar ishlari agentligi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda «Tig‘» va «Davomat» profilaktik reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Buxoro viloyatida o‘tkazilgan reyd davomida ayrim maktab o‘quvchilarining sumkalarida ta’limga daxldor bo‘lmagan buyumlar ham borligi aniqlandi.
Jumladan, shahardagi 39-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi sumkasida gaz balon asosida ishlatiladigan to‘pponcha olib yurganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













