Iste’mol tovarlari va xizmatlar narxi qanchaga oshgani ma’lum qilindi

Iste’mol tovarlari va xizmatlar narxi qanchaga oshgani ma’lum qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning aprel oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashdi.

Yillik o‘sishda iste’mol narxlari indeksining o‘sish darajasi 10,4 foizga yetdi.

2022 yilning aprel oyida narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 2,1 foizga oshdi.

Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari 1,4 foiz va aholiga pullik xizmatlar 0,5 foizga oshdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.