2700 AQSH dollari davlat foydasiga undirildi

2700 AQSH dollari davlat foydasiga undirildi
Majburiy ijro byurosining Boyovut tuman bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilib borilmoqda.

Jumladan, Byuroning Boyovut tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining qarzdor “Mega qurilish Kampaniy” MCHJdan davlat foydasiga davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro varaqasi kelib tushgan.

Bo‘lim tomonidan ijro harakatlari davomida “Mega qurilish Kampaniy” MCHJ rahbari A.A.dan 2700 AQSH dollari xatlanib davlat boji undirildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.