Komil Allamjonov AQSHning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Komil Allamjonov AQSHning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Komil Allamjonov AQSHning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Bugun Amerika Qo‘shma Shtatlari elchisi janob Daniel Rozenblyum bilan uchrashdim. Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda Mass-media fondi va AQSH elchixonasi hamkorligida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qator loyihalarni muhokama qildik”, deb ma’lum qildi Allamjonov o‘z Telegram-kanalida.
Komil Allamjonov AQSHning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
May oyi oxirida Allamjonov “Ozod Yevropa Radiosi / Radio Svobodnaya Yevropa (“Ozodlik radiosi”) mediakorporatsiyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Jeymi Flay va “Ozodlik”ning o‘zbek xizmati bosh muharriri Pahlavon Sodiq bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilingan va har ikki tomon uchun dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan.
Komil Allamjonov AQSHning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.