Jizzaxdagi metan zapravkada «Jiguli»ning gaz balloni portlab ketdi (foto)

Jizzaxdagi metan zapravkada «Jiguli»ning gaz balloni portlab ketdi (foto)
Foto: FVV matbuot xizmati
Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 23 iyun kuni soat 15:00 larda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani \"Sovungarlik\" MFY hududida joylashgan avtomobillarga siqilgan gaz to‘ldirish kompressor stansiyasida gaz balloni portlash hodisasi sodir bo‘lgan.

«VAZ-2106 Jiguli» mashinasiga yonilg‘i to‘ldirish jarayonida unga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketgan.
Jizzaxdagi metan zapravkada «Jiguli»ning gaz balloni portlab ketdi (foto)
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, halok bo‘lmagan. Boshqa transport vositalariga zarar yetmagan. Portlash tufayli yong‘in kelib chiqmagan, hodisa joyiga yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari chiqarilmagan.

Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, «VAZ-2106 Jiguli» transport vositasidagi nosozlik baxtsiz hodisaga sabab bo‘lgan.
Jizzaxdagi metan zapravkada «Jiguli»ning gaz balloni portlab ketdi (foto)
Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.