Inson a’zolarini ko‘chirib o‘tkazishga majburlaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Inson a’zolarini ko‘chirib o‘tkazishga majburlaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
Endilikda inson a’zolarini transplantatsiya qilishga rozilik berishga majburlagan shaxslar 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi. Bu bo‘yicha prezident tomonidan imzolangan O‘RQ–780-sonli qonun bilan Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish kiritildi.

Hujjatga ko‘ra, insonni undan a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya uchun olishga rozilik berishga majburlaganlik uchun javobgarlik belgilandi va bu qilmish og‘irlashtiruvchi holatlarda ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining oldi-sotdisi bilan shug‘ullanganlik, shuningdek ularni O‘zbekistondan tashqariga olib chiqib ketganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi.

Mazkur jinoyatlar bilan bog‘liq dastlabki tergov ichki ishlar organlari tomonidan olib boriladi. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, inson a’zolarini yoki to‘qimalarini uning murdasidan olishga uning tiriklik chog‘idagi notarial tartibda tasdiqlangan yozma roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.