Amerikalik juftlik Registon maydonida nikohdan o‘tdi

4 iyul kuni Samarqand shahar Nikoh uyi tomonidan Registon maydonida AQSH fuqarolari Marshall Mayer va Ebru Sanga nikoh guvohnomasi topshirildi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.
Bundan bir necha yil avval, 4 iyul kuni juftlik AQSHda Brayton-Bichdagi o‘zbek restoranida taomlanishadi. Suhbat chog‘ida ularning ikkisi ham o‘zbek milliy taomlarini sevib iste’mol qilishi ma’lum bo‘ladi. Shundan so‘ng, juftlik hayotidagi muhim sanani Samarqandda nishonlashga ahd qilishadi.
Marshall avval ham Samarqandda bo‘lgan, shahar tarixi va me’morchiligi unga yoqib qolgan. Shu sabab ham ular Registonni tanlashdi. Ularning nazdida Samarqand abadiylikni aks ettiradigan mo‘jizakor joydir.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bundan bir necha yil avval, 4 iyul kuni juftlik AQSHda Brayton-Bichdagi o‘zbek restoranida taomlanishadi. Suhbat chog‘ida ularning ikkisi ham o‘zbek milliy taomlarini sevib iste’mol qilishi ma’lum bo‘ladi. Shundan so‘ng, juftlik hayotidagi muhim sanani Samarqandda nishonlashga ahd qilishadi.
Marshall avval ham Samarqandda bo‘lgan, shahar tarixi va me’morchiligi unga yoqib qolgan. Shu sabab ham ular Registonni tanlashdi. Ularning nazdida Samarqand abadiylikni aks ettiradigan mo‘jizakor joydir.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













