Andijondagi xonadonlarning birida yong‘in chiqdi

Andijondagi xonadonlarning birida yong‘in chiqdi
Foto: Izboskan tumani hokimligi matbuot xizmati
Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi xonadonlarning birida yong‘in chiqdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Tumanning «Daminboy chek» MFY Navnixol ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risidagi xabar tuman FVBga 14 iyul kuni soat 12:52 da kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 13:01 da yetib borib, yong‘in soat 13:06 da qurshab olingan va soat 13:50 da o‘chirilgan.
Andijondagi xonadonlarning birida yong‘in chiqdi
Foto: Izboskan tumani hokimligi matbuot xizmati
Yong‘in oqibatida uyning 90 kvadrat metr maydonda shift, tom qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Tuman hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bir qancha uy-ro‘zg‘or buyumlariga ham shikast yetgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.