Ilk bor o‘zbek xonlarining Rossiya imperatorlariga bergan sovg‘alari suratlari ko‘rsatildi

Ilk bor o‘zbek xonlarining Rossiya imperatorlariga bergan sovg‘alari suratlari ko‘rsatildi
O‘zbekistonda ilk bor o‘zbek xonlarining Rossiya imperatorlariga taqdim etgan diplomatik sovg‘alari fotosuratlari namoyish etildi. Bu haqda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining VI xalqaro kongressida bo‘lgan Sputnik muxbiri xabar berdi.

Fotosuratlarda qurol-yarog‘lar, ot jabduqlari, turli zargarlik buyumlari, so‘zana - qo‘lda tikilgan dekorativ buyumlar, turli matolar, shuningdek, kiyim-kechak va aksessuarlar tasvirlangan.

Ta’kidlanishicha, to‘plam hajmi shunchalik katta-ki, uning katta qismi Sankt-Peterburgdagi Ermitaj omborlarida saqlanadi.

Sputnik muxbirining yozishicha, to‘plamning ko‘lami va ko‘rkamligi o‘zbek san’atshunoslarida katta taassurot qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda 22—24-iyul kunlari Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi — yangi renessans poydevori” VI xalqaro kongressi bo‘lib o‘tdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.