Komil Allamjonov barcha biznes loyihalari va kompaniyalarini boshqa egalariga topshirishini aytdi

Foto: Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi
Komil Allamjonov Prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgandi. Allamjonovning o‘zi holat yuzasidan jamoatchilikka bayonot bilan chiqdi.
- Juda mas’uliyatli vazifaga tayinlandim. Bugundan boshlab Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi lavozimidagi faoliyatimni yakunlayman.
Va shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, men bugundan boshlab barcha biznes loyihalarim, kompaniyalarimni ham boshqa egalariga topshiraman. Bugundan boshlab men biznesmen emasman. Chunki men manfaatlar to‘qnashuviga mutlaqo qarshiman va qolganlarga ham shuni maslahat beraman, — deydi Allamjonov.
Uning aytishicha, Mass-media fondiga tez kunlarda yangi rais tayinlanadi.
- Barcha bloger va jurnalistlarni yanada faollikka, o‘z ustilarida ishlab, xolis axborot tarqatishda davom etishga chaqirib qolaman, — deydi u.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Komil Allamjonov Prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgandi. Allamjonovning o‘zi holat yuzasidan jamoatchilikka bayonot bilan chiqdi.
- Juda mas’uliyatli vazifaga tayinlandim. Bugundan boshlab Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi lavozimidagi faoliyatimni yakunlayman.
Va shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, men bugundan boshlab barcha biznes loyihalarim, kompaniyalarimni ham boshqa egalariga topshiraman. Bugundan boshlab men biznesmen emasman. Chunki men manfaatlar to‘qnashuviga mutlaqo qarshiman va qolganlarga ham shuni maslahat beraman, — deydi Allamjonov.
Uning aytishicha, Mass-media fondiga tez kunlarda yangi rais tayinlanadi.
- Barcha bloger va jurnalistlarni yanada faollikka, o‘z ustilarida ishlab, xolis axborot tarqatishda davom etishga chaqirib qolaman, — deydi u.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













