Toshkentda uchta ko‘cha 10 kunga transport harakati uchun yopiladi

Toshkentda uchta ko‘cha 10 kunga transport harakati uchun yopiladi
2022 yilning 29 iyul – 7 avgust kunlari Toshkentda Food Fest-2022 gastronomik festivali bo‘lib o‘tadi.
Toshkentda uchta ko‘cha 10 kunga transport harakati uchun yopiladi
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, festival kunlari doirasida qator yo‘llar avtotransport harakati uchun yopiladi.

Xususan:
  • Istiqlol ko‘chasi — Buyuk Turon ko‘chasidan Hyatt Regency mehmonxonasigacha bo‘lgan qismida;
  • Zarafshon ko‘chasi — Istiqlol ko‘chasidan va Mustaqillik shohko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
  • J.Neru ko‘chasi — Mustaqillik shohko‘chasidan Zarafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismida.

Toshkent shahar hokimligi haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni so‘ragan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.