Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari 8 avgustga rejalashtirilyapti

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari 8 avgustga rejalashtirilyapti
AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida joriy yilgi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari 8 avgustdan boshlanishi kutilayotgani aytildi.

«Imtihon 8 avgustdan boshlanishi rejalashtirilyapti. Taklif loyiha shaklida tegishli tashkilotga kiritilgan. Imtihonlar 10 kundan 13 kungacha davom etishi mumkin», – deydi Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i F.Mirzayev.

Imtihon o‘tkazish vaqtlari o‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, birinchi smena soat 7:00 dan 10:00 gacha, ikkinchi smenani 19:00 dan 20:00 gacha o‘tkazish rejalashtirilgan.

«Taklif berganmiz. Davlat qabul komissiyasi tasdiqlaganidan keyin rasman e’lon qilamiz», – deydi Mirzayev.

Tadbirda, shuningdek, test sinovlari o‘tkaziladigan joylar haqida ham ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, test sinovlarini o‘tkazish uchun 58 ta stadion va xiyobon tayyorlanmoqda. Bunda 1 kunda – 1 smenada 48 420 nafar, 2 smenada 96 840 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi.

Test sinovlarida 3 500 nafarga yaqin rahbar va pedagog kadrlar guruh nazoratchilari sifatida jalb etish rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.