Prezidentning yangi qarori omma uchun e’lon qilindi

Prezidentning yangi qarori omma uchun e’lon qilindi
«Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va boshqaruvchi tashkilotlarni moliyaviy sog‘lomlashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–346-son, 04.08.2022 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan 2022 yil 1 sentabrgacha muammoli kredit qarzi bor uy-joy mulkdorlari shirkatining (JЕK) boshqaruv usulini o‘zgartirish bo‘yicha umumiy yig‘ilish qarori qabul qilinsa, ular davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Bunda:
- muammoli bank kreditlari bor shirkatlar bankning xulosasi olingan taqdirda tugatilishi mumkin;
- tugatilgan yoki boshqarish usuli o‘zgartirilgan shirkatlar boshqaruvidagi ko‘p kvartirali uylarni boshqarish uchun, qoida tariqasida, reytingi yuqori bo‘lgan boshqaruvchi tashkilotlar jalb qilinadi;
- Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi jalb qilingan boshqaruvchi tashkilot faoliyatini, xizmatlar sifatini 6 oy monitoring qiladi va ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalariga rioya qilmagan boshqaruvchi tashkilotlarga choralarni qo‘llaydi.

2022 yil 1 noyabrdan:
- ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini, ular elektron reyestrga kiritilgandan so‘ng amalga oshiradi;
- uylarni qurish loyiha hujjatlarida, kadastr pasportida umumiy foydalanishdagi mulk ro‘yxati aniq ko‘rsatiladi;
- qurilishi tugallangan ko‘p kvartirali uylarga ruxsatnoma berilganidan so‘ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni kamaytirish va tutash yerda qo‘shimcha ob’ekt qurish uchun o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.