Super-kontrakt bo‘yicha yangi tartiblar tasdiqlandi

Super-kontrakt bo‘yicha yangi tartiblar tasdiqlandi
Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi. Bu haqda huquqshunos-bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev ma’lum qildi.

Huquqshunosga ko‘ra, endilikda o‘zi tanlagan 1-yo‘nalishga kira olmagan, ammo qolgan 4 tasidan biriga qabul qilingan abituriyentlar 1-yo‘nalishda super kontraktda o‘qishlari mumkin.

«Eng katta yangilik, bu abituriyent o‘zi tanlagan 1-yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda o‘z xohishi bilan birinchi tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi.

Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Ya’ni beshinchi yo‘nalishga o‘qishga kirgan abituriyent 2 yoki 4-yo‘nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat 1-yo‘nalishga qilishi mumkin.

Shuningdek, tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi
», – deydi Xudoyberdiyev.

U, shuningdek, abituriyentlarning kontrakt.edu.uz saytiga kirib, bemalol ariza qoldirishlari mumkinligini ham eslatgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.