Pokiston bosh vaziri Samarqand shahriga yetib keldi

Pokiston bosh vaziri Samarqand shahriga yetib keldi
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif 15 sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi.

Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Pokiston bosh vaziri Samarqand shahriga yetib keldi
Foto: Prezident matbuot xizmati
So‘ng Pokiston bosh vaziri Hazrati Xizr majmuasiga kelib, Birinchi Prezident Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi va xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Pokiston bosh vaziri Samarqand shahriga yetib keldi
Foto: O‘zA
Pokiston bosh vaziri Samarqand shahriga yetib keldi
Foto: O‘zA
Bundan avval Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov, Rossiya prezidenti Vladimir Putin kutib olingandi.

14 sentabr kuni Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Eron Islom Respublikasi prezidenti Sayid Ibrohim Raisiy, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Xitoy raisi Si Szinpin tashrif buyurgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.