SHHT Samarqand sammiti asosiy majlisi boshlandi

SHHT Samarqand sammiti asosiy majlisi boshlandi
16 sentabr kuni Samarqand shahrida Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat rahbarlari ishtirokidagi sammit boshlandi. Sammitda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kirish nutqini so‘zladi.

\"Sammitimiz, shubhasiz, tarixiy voqeadir. Bu pandemiya sinovlaridan so‘ng uzoq kutilgan do‘stlarning yuzma-yuz uchrashuvidir. Bu shaxsiy muloqot, SHHT mamlakatlarning kelajagini belgilab beruvchi qo‘shma qarorlar qabul qilish imkoniyatidir”, - dedi davlat rahbari.
SHHT Samarqand sammiti asosiy majlisi boshlandi
Bu tadbir O‘zbekiston raisligida tarixiy Samarqandda o‘tayotgani biz uchun katta faxrdir. Umid qilamanki, kecha Samarqand ruhi va xalqimizning ko‘p yillik tarixiy madaniyati bilan tanishdingiz”, - deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mirziyoyevga ko‘ra, bugungi tadbir doirasida SHHT davlatlari yetakchilari 40 dan ortiq xalqaro kelishuvlarni imzolashi ko‘zda tutilgan.
SHHT Samarqand sammiti asosiy majlisi boshlandi
Foto: Akorda.kz
Tadbirning qolgan qismi tor doirada davom etmoqda.
SHHT Samarqand sammiti asosiy majlisi boshlandi
Foto: Akorda.kz
SHHT Samarqand sammiti asosiy majlisi boshlandi
Foto: Akorda.kz
SHHTga kuzatuvchi hamda mehmon sifatida taklif qilingan Belarus, Eron, Mongoliya, Turkiya, Ozarboyjon, Turkmaniston yetakchilari majlisga tadbirning kengaytirilgan qismida qo‘shiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.