Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya AQSHga boradi

Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya AQSHga boradi
2022 yil 19-24 sentabr kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Nyu-York shahrida tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining Umumiy munozaralarida nutq so‘zlaydi.

Shuningdek tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi qator ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazadi hamda ko‘p tomonlama tadbirlarda ishtirok etadi, deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.