AQSH elchixonasi O‘zbekiston armiyasi shifokoriga minnatdorchilik bildirdi

AQSH elchixonasi O‘zbekiston armiyasi shifokoriga minnatdorchilik bildirdi
Foto: AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi
AQSH elchixonasi NASA safari chog‘ida favqulodda vaziyatga tushib qolgan mehmonga birinchi yordam ko‘rsatgan O‘zbekiston armiyasi shifokoriga minnatdorchilik bildirdi.

Elchixona matbuot xizmatining yozishicha, O‘zbekiston armiyasi shifokori kapitan Ravshan Murodullayev yaqinda Xyustonda NASA safari chog‘ida favqulodda vaziyatga tushib qolgan mehmonga birinchi yordam ko‘rsatgan.

«Hamma qahramonlar ham qahramonlik kiyimida bo‘lavermaydilar. Tezkor va professional harakati uchun kapitan Murodullayevga ulkan tashakkurlar bildiramiz!», — deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.