Samarqandda mayning fermasi tashkil qilgan shaxs ushlandi

Samarqandda mayning fermasi tashkil qilgan shaxs ushlandi
Ushbu shaxs davlat va jamiyat manfaatlariga 1,1 mlrd so‘m zarar yetkazgani aytilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shrabot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «M.I.» MCHJ rahbari Sh.H. o‘zboshimchalik bilan o‘zi sotib olgan transformatorni o‘rnatib, noqonuniy ravishda 63 dona «Mayner» uskunalari va ikki dona suv nasoslaridan foydalanib kelganligi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,1 mlrd so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan JKning 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.