O‘zbekistonda qancha o‘qituvchi borligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda qancha o‘qituvchi borligi ma’lum bo‘ldi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘Zbekistonda jami 685,4 ming nafar pedagoglar faoliyat yuritmoqda.

Pedagoglarning ta’lim turlari bo‘yicha soni:
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida – 116,0 ming nafar;
- Umumta’lim muassasalarida – 510,0 ming nafar;
- Akademik litseylarda – 3,3 ming nafar;
- Kasb-hunar maktablarida – 9,9 ming nafar;
- Kollejlarda – 3,9 ming nafar;
- Texnikumlarda – 4,9 ming nafar;
- Oliy ta’lim tashkilotlarida – 37,4 ming nafar.

Qo‘shimcha ma’lumot sifatida shuni aytish mumkinki, ayni damda O‘zbekstonda jami maktablar soni 10085ta, jami maktab o‘quvchilari soni esa - 6,4 mln. kishini tashkil qiladi. O‘zbekiston maktablarida har bir sinfda o‘rtacha 25 nafar bola o‘qiydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.