Soliq qo‘mitasi: Toshkentda uy-joy ijarasi o‘rtacha 1 mln so‘mni tashkil qiladi

Soliq qo‘mitasi: Toshkentda uy-joy ijarasi o‘rtacha 1 mln so‘mni tashkil qiladi
Jismoniy shaxslar 2022 yil 1 yanvardan ko‘chmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini «E-ijara» xizmati orqali soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 2022 yil 1 oktabr holatiga soliq organlarida 96 mingdan ortiq turar joy ijara shartnomasi ro‘yxatga olingan.

Mavjud ma’lumotlar tahliliga ko‘ra Toshkent shahrida uy-joy ijarasi o‘rtacha oylik 1 mln so‘mdan ko‘proqni tashkil qiladi.

Hududlarda ijara haqining o‘rtacha miqdori 630 ming so‘mdan 977 ming so‘mgacha.

Respublikada ijaraga berilgan turar-joy ob’ektlari:
  • 2 mln so‘mdan 5 mln so‘mgacha – 3 240 ta;
  • 5 mln so‘mdan ortiq – 255 ta.

Soliq solish maqsadida 2022 yilda ko‘chmas mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun 1 kv. metr yashash maydoni:
  • Toshkent shahrida – 15 500 so‘m;
  • Nukus va viloyat markazlarida – 9 500 so‘m;
  • boshqa aholi punktlarida - 4 000 so‘m etib belgilangan.

Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar mulkiy daromadlar tarkibiga kiradi va 12 foiz stavkada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi.

Turar-joylarni talabalarga ijaraga bergan fuqarolar ushbu daromadi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lamaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.