Jizzaxdagi paxta qabul qilish punktida yong‘in yuz berdi

Foto: Jizzax viloyati FVB matbuot xizmati
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi paxta qabul qilish punktida yong‘in yuz berdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 12 oktabr kuni soat 18:13 da Jizzax viloyati FVB Navbatchilik qismiga Sharof Rashidov tumani «Uchtepa» MFY hududida joylashgan «Jizzax Instural To‘qima» MCHJga qarashli paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 18:20 da yetib borib, yong‘in 18:24 da o‘rab olinib, 18:50 da o‘chirilgan. Yong‘in natijasida 1 ta 14-sonli g‘aramning ustki qismi to‘liq va 15-sonli g‘aramning ustidagi «Sulton» navli paxta tolalari yongan.

Foto: Jizzax viloyati FVB matbuot xizmati
«Yong‘in oqibatida 35-40 kilogramm paxta tolalari yonib zararlangan», — deyiladi xabarda. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi paxta qabul qilish punktida yong‘in yuz berdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 12 oktabr kuni soat 18:13 da Jizzax viloyati FVB Navbatchilik qismiga Sharof Rashidov tumani «Uchtepa» MFY hududida joylashgan «Jizzax Instural To‘qima» MCHJga qarashli paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 18:20 da yetib borib, yong‘in 18:24 da o‘rab olinib, 18:50 da o‘chirilgan. Yong‘in natijasida 1 ta 14-sonli g‘aramning ustki qismi to‘liq va 15-sonli g‘aramning ustidagi «Sulton» navli paxta tolalari yongan.

Foto: Jizzax viloyati FVB matbuot xizmati
«Yong‘in oqibatida 35-40 kilogramm paxta tolalari yonib zararlangan», — deyiladi xabarda. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













