Urganch shahrida markaz direktori ushlandi

Urganch shahrida markaz direktori ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Urganch shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori D.B. fuqaro S.dan 4 nafar fuqaroni 4 mln so‘m pora evaziga vaqtincha ishsizlik ro‘yxatiga kiritib, nafaqa puli tayinlab berishini aytib, oldindan 2 mln so‘mni olib, qolgan 2 mln so‘mni ish joyida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.