O‘zbekiston chegara qo‘shinlari tomonidan sahroda maxsus taktik o‘quvlar o‘tkazildi (foto)

O‘zbekiston chegara qo‘shinlari tomonidan sahroda maxsus taktik o‘quvlar o‘tkazildi (foto)
Qoraqalpog‘istonda mudofaa jangini tashkil etish bo‘yicha majmuaviy hamda maxsus taktik o‘quvlar o‘tkazildi.

Majmuaviy taktik o‘quvda chegara qo‘shinlari bo‘linmalari jangovar navbatchilik vaqtida shartli terrorchilar hujumini qaytardi.
O‘zbekiston chegara qo‘shinlari tomonidan sahroda maxsus taktik o‘quvlar o‘tkazildi (foto)
Maxsus taktik o‘quvlarda esa shartli ravishda temir yo‘l transportida, ko‘p qavatli binoda garovga olinganlar ozod etildi, blokpostga qilingan hujum hamkorlikda qaytarildi.

Shuningdek, merganlar juftligi tomonidan aholi yashash punktidagi shartli dushman yakson qilindi.
O‘zbekiston chegara qo‘shinlari tomonidan sahroda maxsus taktik o‘quvlar o‘tkazildi (foto)
Jangovar chiziqda joylashgan maxsus taktik o‘quvlar Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari bo‘linmalari hamkorligida o‘tkazildi.
O‘zbekiston chegara qo‘shinlari tomonidan sahroda maxsus taktik o‘quvlar o‘tkazildi (foto)
O‘quvlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, Mudofaa vazirligi rahbariyati, harbiy okruglar vakillari, hududdagi kuch tuzilmalari mansabdorlari kuzatib bordi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.